Probiyotiklar tufayli go'zal teri

Parhezshunoslar ko'pincha sog'lom ichak mikroflorasini saqlab qolish uchun probiyotiklarni qabul qilishni maslahat berishadi. Sog'lom immunitet tizimini saqlab qolish uchun foydali bakteriyalar muvozanati muhim ahamiyatga ega, ularning uchdan ikki qismi ichakda joylashgan va yorqin teri uchun sog'lom ichak mikroflorasini saqlab qolish  juda muhimdir.

 

Ha, probiyotiklar tanamiz uchun juda muhimdir. Tasavvur qiling-a, bizda hujayralardan ko'ra ko'proq bakteriyalar bor. Ular tanamizda ko'plab funktsiyalarni bajaradilar va oziq-ovqatning foydali elementlarga bo'linishidan tortib, umuman salomatlikni boshqarishgacha bo'lgan hayotiy jarayonlarda rol o'ynashadi. Agar ichak mikroflorasining muvozanati buzilgan bo'lsa, unda oziq-ovqatlardan olingan foydali elementlar so'rilmaydi, bu esa kelajakda turli kasalliklarga olib keladi. Charchoq, depressiya, qalqonsimon bezning disfunktsiyasi va  psoriaz, ekzema, akne kabi teri muammolari belgilari shu jumladandir. Bu belgilar yallig'lanish jarayonidan kelib chiqadi va tanada chuqur yashirinadi. To'g'ri ovqatlanish va probiyotiklar teri muammolaridan xalos bo'lishga yordam beradi.

 

Eng foydali bakteriyalar asosan yogurt va kefirda mavjud. Bu har kim sotib olishi mumkin bo'lgan eng oddiy va eng arzon mahsulotlardir , albatta laktozadan  aziyat chekadigan odamlar bundan mustasno. Ammo bu holatda ham ushbu mahsulotlarning o’rnini bosadigan alternativlar mavjud bo’lib masalan, kakosli yogurt yoki bodom sutiga asoslangan yogurt shular jumlasidandir.

 

Tuzlangan bodring, tuzlangan karam va choy qo'ziqorini kabi fermentlangan mahsulotlar ham foydali ichak bakteriyalarini balans muvozanatini yaxshilash  uchun foydalidir.

 

Va shunga qaramay, oziq-ovqatdan barcha kerakli bakteriyalarni olish har doim ham mumkin emas, bu holda bioqo'shimchalar  yordam berishi mumkin. Ular ichak mikroflorasini normallashtirishga va immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Laktobakteriyalar va bifidobakteriyalar foydali bakteriyalarning ikkita asosiy turi bo'lib, ularni mahsulot qadog’idagi yozuvlardan qidirish kifoya.Ular yoshdan qat'i nazar, hamma uchun mos keladi, faqatgina o’zingizga kerakli bioqo’shimcha va me’yorni tanlasangiz bas.

Tavsiya etilgan