Harakat yengilligi va egiluvchanlikni yaxshilash uchun 10 maslahat

Deyarli barchamiz yoshimiz ulg’aygani sari egiluvchanlikni yo'qotamiz, lekin bu uni qaytarish mumkin emas degani emas. Tananing egiluvchanligi, shikastlanishning oldini olishga, bel og'rig'ini yengillashtirishga va harakatda yaxshiroq muvozanatni saqlashga yordam beradi. Kun davomida egiluvchanlik bizga osonlik bilan ko’zlagan maqsadimizga erishishga, egilishga, biror-bir buyumlarga egilish va boshqa kerakli harakatlar qilish qobiliyatini beradi.

Egiluvchanlik haqida gapirishdan oldin, uning harakatchanlik yoki ko’p harakatlik bilan chambarchas bog'liqligini tushunishingiz kerak. Harakatchanlik bo'g'inlarga bog’liq, sizning bo'g'iningiz qanchalik harakatchan bo'lsa siz ham shuncha harakatchan bo'lasiz. Egiluvchanlik esa mushaklarning cho'zish va cho'zilish qobiliyatidir, bu ham harakatchanlik bilan bog'liq.

Biz sizlarga oyoq barmoqlari uchidan tortib, egilish yoki bel og‘rig‘i uchun oddiy cho‘zishilish bo‘lsa ham cho‘zilishingizni yaxshilashga yordam beradigan bir nechta maslahatlar berib o’tamiz.

 

1

Cho'zilish mashqlari uchun to'g'ri tanlov

 

Cho'zish mashqlarining oltin qoidasi, mashqlarni to'g'ri tanlashdir. Noto'g'ri cho'zilish mashqlari mushaklarning ko'proq kuchlanishiga olib keladi va sizning imkoniyatlaringizni cheklaydi. Cho'zish mashqlarida tana, yoqimli bo’shashish shaklida biror narsa sezishi kerak va mushaklarning kuchlanishini kamaytirish kerak. Agar cho'zilayotganda sanchilish kabi o'tkir og'riq his qilsangiz, shaxsiy murabbiy yoki shifokor ko'rigiga uchrashganingiz ma'qul. Tanadagi har qanday og'riq, biror narsa noto'g'ri ketayotganini ko'rsatadi.

 

2

Cho’zilishni mustahkamlang

 

Mashqlarda to'g'ri natijaga erishib bo'lganingizdan so'ng, 30-60 soniya davomida shu holatda qolib, natijangizni mustahkamlang. Bunday holda, miyaga mushaklar cho'zilishining yangi belgilangan chegarasi haqida ma'lumot uzatiladi. Qisqa muddatli cho'zilish mashqlari sizga yaxshi natijalarga erishishga imkon bermaydi.

3

Haddan tashqari ko’p cho’zilishdan saqlaning

 

Zarur bo'lgandan ko'ra ko'proq cho'zilishingiz shart emas. Ko'pchilik cho'zilish mashqlarini o’zlashtirish uchun ularni har kuni bir soatdan bajarish kerak deb o'ylashadi. Siz esa bu mashqlarni muntazam ravishda, kichik dozalarda bajarib egiluvchanlikni oshirishingiz mumkin. Uzoq cho'zilishlar, aksincha, ularning egiluvchanlik xususiyatini oshirish o'rniga mushaklarning kuchlanishiga olib kelishi mumkin.

4

Mushak tugunlarini bo'shating

 

Mushak tugunlarining bo'shashishi bu juda muhim jarayon bo’lib, ular cho'zilishni kechiktirishi va og'riq yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin. Ularni maxsus cho'zish terapiyasi, igna sanchish yoki fitnes uchun qattiq to'p bilan mustaqil ravishda bo’shashtirish mumkin.

 

5

Chuqur nafas oling, nafasingizni kuzatib boring

 

Cho'zish paytida nafasingizni kuzatib borish, tanangizni bo'shashishiga va yaxshiroq cho'zilishiga imkon beradi.

 

6

Ergonomik shakldagi ish stolini tanlang

 

Ish stolida ko’p o'tirib ishlash bo'yin, yelka, bel va sonlarda zo'riqishni keltirib chiqaradi. Xozirgi kunga kelib, ish stolining ko'plab o’zgartirilishi mumkin bo’lgan pozitsiyalarini tanlash imkoni mavjud. Misol uchun, balandligi osongina sozlanishi va tik turgan holda yoki tizzangizni yerga qo'yib, o'tirishingiz mumkin bo'lgan holatda ishlashga imkon beruvchi stullar bor. Faqat tik turgan holatda, vaznning to'g'ri taqsimlanishini hisobga olish juda muhim, hech qanday holatda siz bir oyog'ingizga og’irligingizni tashlab turmasligingiz kerak, chunki bu tos suyagining holati buzilishiga olib keladi.

 

7

Qizishib olish

 

Qizishib olish qon aylanishini yaxshilaydi va mushaklarning bo'shashishiga yordam beradi. Cho'zilishni boshlashdan oldin siz mushaklarni qizitishingiz zarur. Buni yengil qizish mashqlari yoki mushaklarga issiqlik qo'llash, issiq sochiq, issiq isitish yostig'i bilan amalga oshirish mumkin. Va iloji bo'lsa, issiqroq dush qabul qilib  oling.

 

8

Mushaklarni uqalash

 

Uqalash mushaklarning kuchlanishini kamaytirishga yordam beradi, shuning uchun cho'ziladigan joylarni uqalash mushaklarning bo'shashishiga va yaxshi natijaga erishishga imkon beradi. Bundan tashqari, siz massaj vositasidan foydalanishingiz mumkin, buning uchun uning tugmachasini boshish bilan kifoyalanib, mushaklarning bo'shashishiga yordam berishingiz mumkin.

 

9

Yoga

 

Hech kimga sir emaski, yoga pozalari va pilates mashqlari mushaklarni cho'zishga yordam beradi. Yoga bilan muntazam shug'ullansangiz, siz egiluvchanlik va yaxshi cho'zilish qobiliyatiga ega bo'lasiz.

 

10

Murabbiy rahbarligida cho'zilish

 

Aniq reja va murabbiyning maslahatiga rioya qilish sizga to'g'ri va jarohatlarsiz cho'zilish mashqlarini bajarishingizga yordam beradi. Mutaxassis siz uchun har bir darsning cho'zilish darajasini tanlaydi, to'g'ri bajarilishini nazorat qiladi va har tomonlama eng yaxshi natijaga yo'naltiradi.

 

Ushbu maqola tibbiy qo'llanma emas va sog'lig’ingizni maxsus sharoitlarini hisobga olmaydi.

Tavsiya etilgan