Viktoriya Bekxem uslub belgisi va uning yangi kolleksiyasi

Viktoriya Bekxemning muvaffaqiyat tarixini muhokama qilayotganda xayolimga kelgan birinchi fikr "Agar porlash kerak bo’lsa, demak yorqinroq" degan jumla bo’ldi. Mashxurlik maydoniga kirishdan oldin Viktoriya , Spice Girlsdagi oddiy qizdan to o’z moda uyi va uslubiga ega bo’lguncha bo’lgan yo’lni dadil va ravshan, maqsadlariga birma-bir erishgan xolda bosib o’tdi . “Zamonamiz qahramoni” deb ishonch bilan atash mumkin bo‘lgan bu qiz bir vaqtning o‘zida olamshumul karera va oila qurish mumkin ekanligi namunasini ko‘rsatadi. Har bir inson buni orzu qilishi mumkin, lekin faqat ba’zilargina buni amalga oshira oladi. Va, ehtimol, uning nozik yelkalari ortida juda ulkan xarakter yashirin ekanligiga shubxa yo’q.

 

Viktoriya bir necha bor uslub belgisi sifatida tan olingan va bir necha bor Vogue muqovalarida paydo bo'lgan, MarcJacobs, Dolce & Gabbana, Roberto Cavali kabi nufuzli moda sanoati brendlarining yuzi bo'lgan. 2008 yilda ushbu sohaga doimiy ravishda kirib kelgan Viktoriya, Nyu-York moda haftaligida mualliflik liboslarini 10 ta modeli bilan debyut qiladi va ularni bir guruh jurnalistlarga shaxsan taqdim etadi.

 

2013-yilda uning onlayn-platformasi, 2014-yilda esa taniqli me’mor Farshid Musaviyning dizayn rahbarligi ostida Londondagi birinchi flagman do’koni ishga tushirildi. Zamonaviy uslubdagi uch qavatli do'kon brendning dadilligi va nafisligi bilan bog'liq. O'sha yili Viktoriya Bekxem 2011 yildan beri ikkinchi marta Britaniya Moda mukofotlarida "Dizayner Brendi" nominatsiyasida g'olib chiqadi. 2016-yilda uning bahor-yoz kolleksiyasi sanoatining 500 nafar vakillarini baxolash uchun bir yerga jamladi.

 

Bugungi kunga qadar Viktoriya Bekxem kolleksiyasida liboslar, jinsi shimlar, sumkalar, ko'zoynaklar, poyabzallar va aksessuarlar mavjud. 2019 yilda esa u o'zining kosmetik sumkasida uning uchun juda muhim va zarur elementlar yo'qligidan ilhomlanib,o’zining shaxsiy kosmetika liniyasini ham ishga tushirdi.

 

“Ayolga o'zining eng yaxshi namunasi bo’lib ko'rinishi va his qilishiga yordam berish menga haqiqatan ham quvonch bag'ishlaydi ", deb tan oladi brend asoschisi. 2022 yilgi mavsumning so‘nggi kolleksiyasi uchun esa Viktoriya “Amerika Jigalosi” filmining kayfiyatidan ilhomlanib, o‘zining dizaynerlar jamoasi bilan birgalikda qisqa chiziqlar, yorqin ranglar va g‘ayrioddiy teksturalarni yaratdi.

 

Viktoriya Bekxemning muvaffaqiyat tarixini takrorlash uchun u bo'lish shart emas, buning uchun unda o'zida mujassamlashgan flagman fazilatlardan ilhom olish kifoya: tashqi tomondan ayollik nafosati va ichkaridan erkaklarcha jasorat. O'zingizga ishonch hissini singdiring va imkonsiz tuyilgan marralarni zabt eting.

Tavsiya etilgan