Soch parvarish qilish asoslari: sochlaringiz sog'lom, qalin va chiroyli bo'lishi uchun nima qilish kerak?

 

Bugun biz o'z faoliyati davomida o‘n to‘qqiz yillik tajribaga ega, bir necha yillardan buyon soch mutaxassisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan sartarosh-stilist- Sadaf Muratova bilan suhbatlashdik. Balki siz Sadafni shaxsan tanishingiz mumkin va bilasizki, bu odam o‘zini ishga chin yurakdan bag‘ishlaydi va o’zining hayotdagi – “Har bir ayolga o‘zining tabiiy go‘zalligini ko‘rishga yordam berish, uni asrash va unga to‘g‘ri g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha bilimlarni yetkazish zarur” degan maqsadiga ega. Sartaroshlik san’ati bo’yicha diplomga ega murabbiy sifatida Sadaf mahorat darslari, o'quv seminarlari o'tkazib kelmoqda va eng qizig'i-sochlarning tabiiy tiklashnishi bo'yicha o’quv kurslarini ham o'tkazadi.

Sadaf bilan suhbatimiz davomida biz sochni parvarish qilishning asosiy qoidalari, sochlarning go'zalligi va salomatligi uchun to'g'ri parvarish qilish tamoyillari haqida gaplashdik.

 


Savol:

Sochni parvarish qilish qanday asosiy bosqichlardan tashkil topishi kerak?

Bular ikkita eng asosiy bosqichlar bo’lib tozalash va oziqlantirishdir. Bu jarayonda eng muhimi, sochingizni yuvish bilan bosh terisini yuvishni adashtirmaslikdir. Eng asosiysi sochni ko'piklash emas, balki terini tozalash uchun shampunlash jarayonini qanday qilib to'g'ri bajarish kerakligini bilish muhim.

Oziqlantirish, o'z navbatida ikki guruhga bo'linib bular- bosh terisining oziqlantirilishi va sochning o'zini oziqlantirilishidir. Shuni ta'kidlash kerakki, tozalashning o'zi ham oziqlantirishdir. Bu terining barcha foydali elementlarni qabul qilish qobiliyati uchun muhim bo’lib, uning teshiklari tozalanishi kerakligi bilan izohlanadi.

Bundan tashqari, har qanday soch oziqlantirilishi tabiiy bo’lishi bilan birga, zararli tarkibiy qismlardan xoli bo'lishi kerak.

 


Savol:

Soch parvarish iuchun ishlatiladigan vositalarni qanday to’g’ri tanlash kerak?

Avvalo, shampun nima ekanligini, konditsioner nima ekanligini, ular qanday funktsiyalarni bajarishi kerakligini, qanday komponentlarni o'zi chiga olishi va qaysilaridan xoli bo’lishi maqsadga muvofiq ekanligini bilishingiz kerak. Boshqacha aytganda, sa’viyali xaridor bo'lishingiz, qadoqlardagi yozuvlarga e’tiborsiz bo’lmasligingiz va turli reklamalarni taxlil qilishingiz zarur.

Sadaf shampunni to'g'ri tanlash bo'yicha maslahatlar berar ekan "Men hamisha organika tarafdoriman", - deydi.  “Va asosiysi, shampunning sochlarga ta'sirini, bosh terisining unga bo'lgan reaktsiyasini kuzatib borish zarur. Shampun sochlarni tozalash bilan birga,ularni haddan tashqari quritib yubormasligi kerak. Qichishmaga olib kelmasligi yoki soch ildizlarining hajmini qisqartirmasligi kerak. Shampunning asosiy vazifasi bosh terisini tozalashdir.

Soch uchun balzam zichroq mustahkamlikka ega bo’lib, u sochni himoya qilish funktsiyasiga ega. Konditsioner namlashi kerak, lekin sochni og'irlashtirmasligi zarur. Bu yerda uni to'g'ri ishlatish, sochning ildizlariga emas, balki uzunligiga qo'llash va mahsulotni oxirigacha yaxshilab chayib tashlash muhimdir.

 


Savol:

Bosh terisini nima bilan tozalash kerak?

Yaxshi, sog'lom bosh terisi qo'shimcha tozalashni talab qilmaydi, har-xil qo’shimchalar bilan uning mikroflorasini buzmang. Va agar siz uni tozalashni maqsad qilsangiz, tarkibi faqatgina organika  bo'lgan va kimyoviy xususiyatlari bo'lmagan vositalar bilan tozalang. Bundan tashqari, shampunni  o'tlar, tuz, un kabi tabiiy mahsulotlar bilan almashtirib turishingiz mumkin.

 


Savol:

Sochlar uchun qaysi yog'lar foydali?

"Men siz yashayotgan hududda ishlab chiqarilgan moylardan foydalanishni tavsiya qilaman", deb tushuntiradi Sadaf.

Gap moyning asosiy komponenti yetishtiriladigan va tayyorlanadigan hudud haqida, masalan, bodom yog'i yoki uzum urug'i bo'lsin, o'rik danagi yoki kunjut yog'i bo’lsin oson o'sadigan mintaqa uchun xos bo'lgan yog'lar haqida ketmoqda. Yog' sotib olayotganda e'tibor berishingiz kerak bo'lgan asosiy omil, bu uning qaysi usul bilan siqib olinishi jarayonidir, shuningdek u sovuq bo'lishi kerak. E’tibor qaratishingiz zarur bo’lgan yana bir omil yog’larning hidi bo’lib ushbu hidlar sizda qanday his-tuyg'ularni uyg’otayotganidir, agar yog’larning hidi ishtahangizni uyg'otsa va shirin hidni his qilsangiz, kayfiyatingiz ko’tarilsa unda bu yog' sochlaringizga juda ham mos keladi. Va agar, aksincha, hid sizda ko'ngil aynishi yoki noxushlik uyg'otgan bo'lsa, unda ushbu yog’dan voz kechishingiz zarur.

Qayta ishlangan yog'lar juda ham hushbo’y hidga, shaffof konsistentli ko’rinishga ega va ularni qo'llaganingizda afsuski foydasi kamroq. Tabiiy yog'lar juda to'yimli bo’lib, faqatgina uning singdiruvchanligini tekshirishni unutmang, bilagingizga bir necha tomchi tomizish orqali uning teriga qanchalik tez singib ketishini kuzating. Agar imkon bo'lsa, bosh terisiga surtib ko’rish va barmog’ingiz uchlari bilan tekshirib ko’rsangiz maqsadga muvofiq bo'ladi, yaxshi so'rilgan yog ' amalda barmoq uchlarida deyarli qolmaydi.

 


Savol:

Oyiga kamida bir marta qaysi soch niqobini qo'llash kerak va qaysi soch niqoblarini navbat bilan almashtirish foydali?

Biz shuni tushunishimiz kerakki, barcha ayollar soch niqoblaridan foydalanish shart emas, bu ko'proq individualdir. Oqartirilgan, bo'yalgan sochlar, shikastlangan sochlar, quruq ildizlar bo’lsa - ha, bu holda soch niqobini ishlatish mantiqiydir. O'z navbatida, soch niqoblari oziqlantiruvchi va namlovchi niqoblarga bo’linadi. Oziqlantirish- asosan sochlarda saqlanishi kerak bo'lgan elementlarni saqlaydi, namlash esa- quruq sochlardan qutulish uchun ko'proq foydalidir.

O'ziga xos tarzda soch moylari ham niqobdir, bu yerda ularni to'g'ri qo'llashni ko'rib chiqish maqsadga muvofiq. Niqoblardan foydalanish qoidalari va tartiblari mavjud bo’lib, ular haqida keyingi safar gaplashishimiz mumkin.

 


Savol

Sochlarning uchlari ingichka va yupqalashmasligi uchun nima qilish kerak?

Sochlar ingichkalashmasligi va yengil bo'lmasligi uchun albatta yana ildizlarga murojaat qilishingiz kerak. Bosh terisini to'g'ri parvarish qilish, tozalash va oziqlantirish sochlarning qalinlashishiga, og'irlashishiga va salbiy tashqi ta'sirlarga kamroq ta'sirchan bo’lishiga olib keladi. Bu huddi gul parvarishiga o’xshaydi, dastlab tuproqni oziqlantirish kerak, uni foydali elementlar bilan boyitish zarur. Shundan so’ng biz, chiroyli va ko’rkam gul barglariga ega bo’lamiz.

Shubhasiz, sochlarning uchlari nozikligi muammo bo'lib, bu bizga nosog'lom sochlar haqida gapiradi. Bunday hollarda, soch niqoblari mavzusiga qaytishimiz maqsadga muvofiqdir. Qisman soch yog'lari haqida gapirishga qaytish ham to'g'ri bo'ladi, ular bosh terisini oziqlantiradi va sochni namlaydi.

 


Savol

Bo'yalgan sochlarning yorqinligini qanday saqlash kerak?

Avvalo, bo’yash amaliyotini bajargan sartaroshning o'zi organik moddalarni va sochni to'g'ri yuvishni tavsiya qilishi kerak. Ko'p narsa bunga bog'liq, chunki noorganik shampun soch ustki qatlamini ko'proq kengaytiradi va rang osongina yuvilib natijada tezda o'chib ketadi. Organik shampun bilan bunday hodisa sodir bo'lmaydi.

 


Savol

Soch tarog’ini qanday to’g’ri tanlash kerak?

Taroq birinchi navbatda yoqimli, yumshoq va sochga mos bo'lishi kerak. Bosh terisini shikastlamasligi va turli yo'nalishlarda egib qoymasligi uchun tishlarning uchlarida yumshoq dumaloqchalari borligiga e’tibor bering. Bu sochni uzib tashlamaslik yoki tarash uchun emas, balki uning uzunligini kuzatish uchun muhimdir.

Soch tarash jarayoni - bu shaxsiy ichki energiya bilan bog’liq marosim desak ham bo’ladi. Ba'zan u bizni hayollarimizdan yiroqga olib ketishi mumkin, biz xotiralarda sayohat qilamiz yoki biz ayolligimizdan ilhomlanamiz. Bunday daqiqalarni hisobga olsak, taroqni ichki instinkt bilan tanlash kerakligini yana bir bor amin bo’lamiz.

 


Savol

Soch feni va dazmolining zarari, haqiqatmi yoki afsonami? Uy sharoitida soch parvarish qilishda bu yordamchilardan qanday foydalanish zarur?

 

Ushbu qurilmalardan qanday qilib to'g'ri foydalanishni o'rgatish uchun butun bir master-klasslar o'tkaziladi. Ammo sochlar uchun fen yoki dazmolning foyda va zararlari haqida qisqacha gapiradigan bo'lsak, bunga qisqacha javob berishimiz mumkin: sochlarga fenning zarari - yo'q, dazmolning zarari - bor.

Oddiy misol keltirishimiz mumkin, biz jamoat joylarida ishlatadigan qo‘l quritgich sovunning o‘zini quritadi, qo‘l terisini quritmaydi. Soch quritgich va shampun bilan ham xuddi shunday. Yomon shampun sochlarni fendan ko'ra ko'proq quritib yuboradi. Fendan to’g’ri foydalanish, soch ildizlaridan ma'lum masofada ushlab turish, hech qanday zarar keltirmaydi. Aksincha, ildizlarda sochlarni fen bilan sochlar hajmini yaratish, ularning tozaligini uzoqroq ushlab turadi.

Dazmollarga kelsak, hatto eng malakali sartarosh usta ham, maxsus qoplama bilan jihozlangan dazmol bilan ishlaganida, tasodifan sochlarga zarar yetkazadi. Uyda foydalanilganida esa ushbu amaliyot sochlar uchun undan ham katta falokat olib keladi. Qizlar kuniga bir necha marta quruq sochlarga dazmol bilan o'z soch uslublarini to’g’irlash holatlar mavjud. Yoki o'z ko'zlari oldidagi soch turmagiga ko'proq e'tibor berib, ularning uchlarini sindirishadi.

 


Savol

Sochlar tez o'sishi va qalin bo'lishi uchun kunlik ratsionda qanday taomlar bo'lishi kerak? Soch o'sishi uchun qanday vitaminlarni qabul qilish zarur?

Birinchidan, siz ta’bingizga mos bo’lgan va tanangiz talab qilayotgan narsalarga e’tiborli bo’lishingiz maqsadga muvifiqdir. Aytishimiz mumkinki, parhez boy bo'lishi kerak, masalan yong'oqlar, ko'katlar, urug'lar va avokadolar bo'lishi kerak, lekin eng muhimi, ayol ovqatga ongli ravishda yondashishi va o'zini tinglashi, xohlaganini va istagan mazali taomini yeyishi kerakligidir. Turli xildagi to'yimli taomlar, sog'lom uyqu va dam olish go'zal sochlarning asoschilaridir.

Sadaf biz bilan o‘z fikrini o‘rtoqlashgan holda “Men vitaminlar haqida shunday fikrdaman, men ularga ishonmayman va bankalardagi kapsulalardan ko‘ra ko‘proq tabiiy ovqatlanishga, tabiatga yaqinlikni afzal bilaman”, - deydi.

 

Sadaf Instagramda @sadulyalya

Tavsiya etilgan