Quyoshdan himoya kremlarini qanday to’g’ri tanlash kerak?

Quyoshdan himoya kremi nima va u nima uchun kerakligi hammamizga ma’lum. Lekin hamma ham  tashqariga chiqishdan oldin uni har kuni qo'llash kerakligi haqida o'zlari uchun qoida ishlab chiqmagan. Quyoshdan himoya kremi har qanday ob-havoda, derazadan tashqarida bulutli havo bo’lganda ham kerak.

Ultrabinafsha nurlari terida fotoqarishni keltirib chiqaradi, bu kollagen va elastin tolalarini yo'q bo’lishiga olib keladi va qon tomirlarining shikastlanishi, oksidlovchi stress, epidermal yangilanish jarayonlarining buzilishi, ajinlar va giperpigmentatsiya kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Eng xavflisi shundaki, epidermis qatlamlariga kiradigan ultrabinafsha nurlar hujayraning DNKsini yo'q qilishi mumkin va  o’z o’rnida erkin radikallarning shakllanishiga olib keladi, bu esa teri saratonining sababchisidir.

Ultrabinafsha nurlanishining 95% UVA nurlari bo'lib, yil davomida, hatto bulutli kunlarda ham, qisman shisha, bulutlar orqali o'tib, foto qarish va terining pigmentatsiyasini keltirib chiqaradi. Ko'chaga chiqishdan oldin teringizni maksimal yoki minimal darajada himoya qilish kerakligini bilish uchun UB indeksini (UV indeksini) tekshirib ko'ring. Quyoshdan himoya kremi qadoqlarida siz uning himoya darajasi haqida ma'lumotni osongina topishingiz mumkin. UV- indeksi yuqori bo'lgan hududlarda maksimal himoya faktori SPF 50+ va 60+ga ega quyoshdan himoya  kremini qo'llash maqsadga muvofiqdir.

 

Quyoshdan himoya kremlari qanday tanlanadi ?

 

Quyoshdan himoya qiluvchi kremni tanlayotganda, hech qanday noqulaylik tug'dirmaydigan doimiy foydalansa bo’ladigan mahsulotlarni tanlash muhimdir. Chunki aynan quyoshdan himoyalovchi vositalardan foydalanishning doimiyligi fotoqarish va kasalliklar xavfidan himoya qiladi.

 

SPF belgisini qanday tushunish kerak?

 

SPF / Sunburn Protection Factor - bu  quyosh kuydirishidan himoya vositasi quyoshdan himoyalangan terida eritema (qizarish/kuyish) paydo bo'lishiga olib keladigan ultirabinafsha  B radiatsiyasi miqdorining quyoshdan himoyalanmagan teridagi ultirabinafsha B nurlanish miqdoriga nisbati.

 

SPF yonidagi raqam radiatsiyaning teriga qanchalik ta'sir qilishini ko'rsatadi. Misol uchun, SPF 50 quyoshdan himoya qiluvchi kremni to'g'ri qo'llash bilan UVB nurlanishining faqat 1/50 qismi teriga yetib borishi haqida ogohlantiradi. Bunday holda, SPF qiymatlari olingan nurlar soniga proportsional emas.

 

Jismoniy va kimyoviy filtrlar - bu nima?

Filtrlar - yorug'lik nurlarini to'g'ridan-to'g'ri ushlab turadigan, tarqatadigan yoki issiqlik nuriga aylantiradigan quyoshdan himoya qiluvchi vositalarning tarkibiy qismidir. Filtrlar mineral (jismoniy) va organik (kimyoviy) bo'ladi.

Jismoniy - terining yuzasida bo'lib, ultrabinafsha nurlanishni o’ziga yutib va aks ettiradigan mineral oksidlar guruhidir, shuning uchun ularni mineral noorganik filtrlar deb atash to'g'riroq bo’ladi. Hozirgi vaqtga kelib eng ko'p ishlatiladigan mineral filtrlar sink oksidi ZnO va titanium dioksidi TiO2 bo'lib, ular xavfsizlik nuqtai nazaridan FDA tomonidan I toifadagi moddalar sifatida tasniflanadi- ya'ni ular xavfsiz va samarali hisoblanadi.

Kimyoviy - benzol halqali uglerodli birikmalar guruhi. Tarkibida uglerod atomlari bo'lgan barcha kimyoviy moddalar organik deb ataladi. Kimyoviy organik quyoshdan himoya kremi filtrlari terida bo’lganida to o’z xususiyatini yo'qotgunicha, ko'p marotaba  ultrabinafsha nurlarini issiqlikka aylantira oladi. 

Quyoshdan himoyalovchi vositani tanlashda teringizning fototipini bilishni unutmang, quyoshdan himoyalovchi krem filtrni tanlash haqida oldindan qaror qabul qiling va o'zingiz uchun SPF himoya darajasini aniqlang.

 

Quyoshdan himoya kremi Anessa

 

 

• Ishlab chiqarilgan mamlakati - Yaponiya

• Minimal SPF 35 PA+++. Maksimal SPF 50+ RA++++

• Barcha kremlar organik (kimyoviy) va jismoniy (mineral) filtrlarni o'z ichiga oladi - oqartirishdan tashqari u jismoniy filtrlarsizdir.

• Suv va terga chidamli

• Tarkibida 50% teri uchun g'amxo'rlik qiluvchi komponentlar mavjud

• Quyoshdan himoya qilish sohasidagi eng yangi ishlanmalar va texnologiyalarga ega

   

 

Shiseido kompaniyasidan alohida quyoshdan himoya qiluvchi mahsulotlar turkumi, tuzilishi mayin, kremdan ko'ra sutga o'xshaydi. Terida oson va bir tekis qo'llaniladi, yuzda plyonka hissi qoldirmaydi, kun davomida sezilmaydi. Pardoz uchun mos keladi, ajralib ketmaydi, yopishmaydi, terlashga olib kelmaydi.

 

Quyoshdan himoya kremi Lancaser

 

• Ishlab chiqarilgan mamlakati - Monako

• Minimal SPF 15+Maksimal SPF 50+

• UVA va UVB jismoniy va kimyoviy filtrlar (rubiy kukuni, slyuda, titan dioksidi, Bio Glass M) tomonidan so‘riladi va aks ettiriladi.

• Erkin radikallar antioksidantlar tomonidan neytrallanadi: ubixinon, yashil qahva ekstrakti, achchiq apelsin qobig'i, yashil choy va dengiz itshumurti mevalari

• Suv o'tkazmaydigan, suvga chidamli

    

 

 

Lancaster laboratoriyasi terini parvarish qilish va qarishga qarshi tadqiqotlar bo'yicha 65 yillik tajribaga ega. DNKni to'g'ridan-to'g'ri parvarishlashni  maqsad qilgan hamda, terining qarishi va quyosh ta'siri o'rtasida kuchli bog'liqlik bor degan xulosaga kelgan birinchi laboratoriyalardan desak ham bo’ladi. 1971 yilda aynan Lancaster laboratoriyasi ayollarga terisini himoya qilish va uning go'zalligini saqlash muhim ekanligi xaqida maslahat bergan.

Lancaster quyoshdan himoya vositalari turli ko’rinishlarda kremlardan tortib to spreylargacha bo'lgan turli shakllarda taqdim etiladi. Kremlar yog'li asosga ega, sutsimon asos oson so'riladi , spreylar esa bir  tekis sochilmaydi. Ushbu brendga kelsak, bu brendda barcha vositalar   individualdir, agar siz yuz kremini yoqtirsangiz  va u sizga yaxshi ta’sir ko’rsatsa, bu spreylar ham huddi shunday natija beradi degani emas.

 

Quyoshdan himoya kremi Fancl

 

• Ishlab chiqarilgan mamlakati - Yaponiya

• Himoya darajasi SPF 50+

• Filtr - jismoniy, sink dioksidi

• Xushbo'y hidsiz

• Suv o'tkazmaydigan, suvga chidamli

 

    

 

 

Fancl kompaniyasining barcha mahsulotlari organik asosga ega. Ushbu kompaniya o'z faoliyatini bioqo'shimchalar ishlab chiqarishda boshlagan bo’lib, rivojlanishi bilan o'z kosmetika vositalarini ishlab chiqara boshladi.

Fancl quyoshdan himoyalovchi vositsi sutsimon mayin tuzilishiga ega, u teri yuzasiga oson va bir tekis taqsimlanadi, oson so'riladi. Makiyajni qo'llashga xalaqit bermaydi, yuzning terlashiga olib kelmaydi. Tarkibi xavfsiz komponentlardan tashkil topgani uchun homiladorlik davrida ham foydalanish uchun ruhsat etiladi. Quyoshdan himoyalovchi vositaning yagona kamchiligi shundaki, agar joylashuvi noto'g'ri bo'lsa, sut qopqoqda to'planadi. Mahsulotni tik holatda saqlash juda muhimdir.

Tavsiya etilgan