Ko'zlar ostidagi doiralardan qanday qutilish va teri yoshligini saqlash haqida

Ko'z ostidagi qora doiralar asosan terining strukturaviy xususiyatlari tufayli paydo bo'ladi: ko'z atrofidagi teri juda nozik, u orqali katta qon tomirlari ko'rinadi, shuning uchun ko'zlar ostida - "panda effekti" deb nom olgan to'q ko'k doiralar paydo bo’ladi. Yog' to'qimasini o'z ichiga olgan yuzning bu qismi ko’z osti qovoqlarining yaqinligi tufayli bu hudud ham shishishga moyil. Ko'z ostidagi hududda bir nechta yog' bezlari mavjud, shuning uchun u qarishga va salbiy tashqi omillar ta'siriga ko'proq moyil bo'ladi, bu es o’z navbatida alohida e'tibor va g'amxo'rlikni talab qiladi degani.

 

Ushbu yoshga bog'liq vaziyatni kechiktirish uchun ko'z atrofidagi joylar uchun patcha maxsulotlari yaratilgan. Ko'pchilik bu shunchaki marketing uchun yaratilgan mahsulot deb o'ylaydi, aslida patchalardan foydalanishning afzalliklari juda ko’p. Ular nozik terini oziqlantirish uchun zarur bo'lgan elementlarning katta dozasini o'z ichiga oladi. Misol uchun siz qo'l kremi va yuz kremini solishtirishingiz mumkin, bu sohalarda terining turi bir xil emas va shuning uchun ularga g'amxo'rlik qilish uchun o’zgacharoq  yondashuv talab etiladi.

 

Ko'z patchalarini tarkibi bo'yicha ajratish mumkin:

• Kollagenli - o'z nomini tarkibida kollagen moddasi bo’lgani uchun olgan. U terini mukammal namlaydi va tiklaydi, uni yanada elastik qiladi;
• Gidrogelli - gialuron kislotasi asosida yaratilgan;
• Matoli - namlangan paxta matosidan yasalgan patchalar,foydali elementlar bilan to’yintirilgan.

 

Patchalar terining holatini saqlab qolishi va yaxshilashi uchun haftada taxminan 1-2 marta uy parvarishida ekspress vosita sifatida ishlatilishi mumkin. Ko'pincha bu faqat uyqusiz tun yoki qiziqarli ziyofatdan keyin o'zingizni zudlik bilan tartibga solishingiz kerak bo'lgan hollarda qo’llaniladi. Aytgancha, ba'zi kosmetologlar kosmetikani tekis qo'llash va tasvirning mustahkamligi uchun asos sifatida kechki bo'yanishni qo'llashdan oldin ko'z patchlaridan foydalanishni maslahat berishadi.

 

Patchalar qanday ishlaydi?

Patchalarning ishlash tartibi kompressning ishiga o'xshaydi: "yostiqcha" tufayli faol moddalar uzoqroq so'riladi, sekinroq quriydi va teriga yaxshiroq kirib boradi. Gialuron kislotasi patchalarning asosiy faol moddasi hisoblanib, lekin o’z tarkibiga retinol, kofein, sentella, niatsinamid, C vitamini o'z ichiga olgan brendlar ham mavjud. Uumiy qilib olganda, patchalar ko'z atrofidagi terini yoritadi, so’lg’ishlarni yo’qotadi va namlaydi.

 

Odatda patchalar hammomda, xona haroratida saqlanadi, ammo agar siz gidrogel va kollagen patchalar kabi mahsulotlarning samaradorligini oshirishni istasangiz, ularni muzlatgichda saqlagan maqsadga muvofiq bo’ladi. Sovutilgan patchalar shishishni tezda olib tashlaydi va ko'z atrofidagi mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi.

 

Sovuq har doim teriga foydali ta'sir ko'rsatadi, uni qattiqlashtiradi, drenaj va qon aylanishini yaxshilaydi. Shunisi e'tiborga loyiqki, har qanday niqoblar sovuq bilan birgalikda ularning samaradorligini oshiradi. Niqoblar kriyo-qoshiqlar bilan, sovutilgan patchalar esa -  vibromassajchisi bilan uyg’unlashtirilsa yaxshi samara ko’rsatadi. Zamonaviy gadjetlar uy sharoitida qo’llanilsa, kosmetolog qabulida erishilgan natijadan yomon bo’lmagan naija ko’rsatadi.

Tavsiya etilgan