2022-yilda hamma kiyadigan krossovkalarning Veja brendi

Balki siz dunyo mashhurlarining oyog‘idagi V belgili, xushbichim dizaynli krossovkalarga yaqindagina e’tibor bergandirsiz, garchi haddan ortiq ommaviylik 2018-yilda, Megan Markel shu krossovkalarni kiyib, shahzoda Garri bilan birgalikda tadbirda paydo bo‘lganida, bu krossovkalarga nasib qilgan bo‘lsada. Shu voqeadan keyin Instagram krossovkalarga qo‘yilgan layklar va izohlarga to‘lib ketdi, krossovkalarga talab 113% ga ortdi, kompaniyada sotuvlar ko‘paydi va eng muhimi, kompaniya asoschilari Sebast'yan Kopp va Fransua-Gizlen Morillion shu reklamaga bir sent ham sarflamadi. O‘sha yiliyoq Veja brendi “Biz kiyishni istagan Insta Brend” nominasiyasida 1 -qatorni egalladi.

«Bu kulgili holat edi, biz suratni ko‘rib, Megan xonim kimligini bilmaganimizda, butun jamoamiz mazax qilib, ustimizdan kuldi», deb tan oladi kompaniya asoschisi bo‘lgan do‘stlar. «Biz yulduz bo‘lgan shaxslarning hayotiga unchalik ham qiziqavermaymiz, ammo Megan kimligini aniqlaganimizdan so‘ng, zo‘r ish bo‘ldi-da».

Megan bilan birgalikda, Veja krossovkalari Emili Ratajkovski, Marion Kotiyyar, Emma Uotson, Ketti Xolms kabi yulduz muxlislar lashkariga ega bo‘ldi va biz zamonamizning ko‘p narsa va’da qiluvchi brendlaridan birida to‘xtab qolishni rejalashtirmayapmiz.

 

Fransuz brendiga muhabbatning siri nimada, o‘zi? Shubhasiz, dizaynning oddiyligi hammaga yoqadi, u kiyimning har qanday uslubi bilan uyg‘unlashib ketadi. Lekin Veja krossovkalarining asosiy ustunligi organik xomashyodir. Ekologik xavfsiz poyabzal g‘oyasini tatbiq etish uchun kompaniya asoschilari Sebastyan va Fransua Braziliyaga borishdi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, yigitlar organik krossovka yaratishga erishdilar. Ishlab chiqarish texnologiyasida Braziliya va Peru fermerlari tomonidan hech qanday ximikatlar va pestisidlarsiz yetishtirilgan organik paxta ishlatiladi. Vejaning tagcharmi uchun rezina – Braziliya o‘rmonlarida o‘sadigan kauchuk daraxtlarining mashhur shirasidir. Bu materialning ishlatilishi daraxtlarni kesilib ketishdan saqlaydi, shuningdek, yashil mintaqalarning pul ishlab topish usullari unchalik ham ko‘p bo‘lmagan aholisini qo‘llab-quvvatlaydi. Veja krossovkalarining ustki qismi uchun 100 % qayta ishlangan plastik butilkalardan iborat bo‘lgan  material ishlatiladi. Buning ustiga, krossovkalar uchun o‘simliklar oshlanishidagi gippolergen va to‘liq biologik parchlanadigan charm ishlatiladi.

Krossovkalarning ommaviy modeli Campo, V-12, V-10 hisoblanib, ularning har biriga atab tushirilgan V harfi bor. 2019-yilda yugurishga mo‘ljallangan Condor modelli krossovkalar qatori ishga tushirildi.

Poyabzalni tayyorlash jarayoni arzonga tushmaydi: krossovkaning narxi 95 dollardan 198 dollargacha boradi. Mahsulotni reklama qilish va ilgari surish xarajatlari o‘rniga, yigitlar munosib mehnat sharoitlari yaratishmoqda va mahalliy ishchi kuchini ish haqi bilan qo‘llab-quvvatlamoqda.

Bundan tashqari, 2020-yilda kompaniya chiqindilarni minimallashtirish va aylanma ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan Darvin loyihasini ishga tushirdi. Fransiyadagi ishlab chiqarish ob’ektlarida kiyilgan juft krossovkalarni yamash va tozalash hamda kelgusida kiyishga yaroqsiz bo‘lganlarini qayta ishlash mumkin. Kompaniyada bunday loyihalar ko‘p bo‘lib, shu bilan ular iste’molchilarning e’tibori va mehrini tobora ko‘proq qozonmoqda.

 

Tavsiya etilgan